"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten jamoa sardori Lionel Messi va klub sport direktori Erik Abidal o'rtasida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan o'z fikrini bildirib o'tdi."Shubhasiz, bu muhim narsalar, ammo ular menga aslo bog'liq emas. Bu narsalar o'yinchilarga imkon qadar kamroq ta'sir qilishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilmoqchiman. Biz ushbu vaziyatni ikki daqiqa muhokama qildik. Biz faqat o'yin haqida o'ylashimiz kerak. Shu bois, men bilan faqat futbol haqida gaplashing. Qolgani meni qiziqtirmaydi, chunki ular menga yordam bermaydi", - dedi Seten "AS" nashriga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Abidal "Barselona" futbolchilarini Ernesto Valverdening mashg'ulotlarida to'la kuch bilan ishlamaganlikda ayblagan edi. Messi esa Abidaldan mashg'ulotda yaxshi ishlamagan futbolchilarning aniq ismini aytishni talab qildi.
5-Fevral 2020,21:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0