Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida yana bir kutilmagan natija Bilbaoda qayd etildi. «Atletik» klubi ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda «Barselona» darvozasini ishg'ol qilib, yarim finalga yo'l oldi.Kataloniyaliklar butun o'yin davomida tashabbusni o'z qo'llarida ushlab turishdi. Ikkinchi bo'limda Grizmann va Messi o'ta qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi.Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa qanotdan etkazib berilgan uzatmani Inyaki Uilyams bosh bilan "Barselona" darvozasiga burib yubordi. Shu tariqa, qo'shimcha bo'limlarga o'tishi kutilayotgan uchrashuv asosiy vaqtda hal bo'ldi. "Atletik" yarim finalga yo'l olgan bo'lsa, "Real"ning ortidan "Barselona" ham musobaqani tark etdi.Ispaniya kubogi, chorak final"ATLETIK BIL'BAO" - "BARSELONA" - 1:0 (0:0)Gol: 1:0 – 90+3 Uilyams. Atletik – Unai Simon, Berchiche, Nunes, Martines, Kapa, Raul Garsiya (Ibai Gomes, 89), Vesga (San Xose, 66), Muniain (Aduris, 77), Dani Garsiya, Yeray Alvares, Uilyams.Barselona – ter Stegen, Langle, Alba, Pike (Umtiti, 80), Serdji Roberto, de Yong, Rakitich (Artur, 69), Fati (Grizmann, 57), Buskets, Semedu, Messi.Ogohlantirishlar: Semedu (6), Messi (39), Alba (40), Yeray Alvares (44), Vesga (53), de Yong (57), Dani Garsiya (63), Pike (72), Artur (81).
6-Fevral 2020,03:00