Ispan futboliga befarq bo'lmagan anchagina muxlislarning asablari tunda taranglashgan. Bundan o'zini himoyalab, o'yquni afzal ko'rganlar esa tongda o'yg'onib “Men etishmadim” degandir. Bir tomondan o'z klubi natijasidan ranjigan bo'lsa, boshqa tomondan azaliy raqiblar mag'lubiyatidan xabar topib “ha unday bo'lsa, mayli, hechqisi yo'q” deb ko'ngli ozgina taskin topgani ham bor gap. Mana shunaqa bu klublar, juda o'ziga xos. Biri kutilmaganda gollar shousi tashkil etib berdi. Natijada, Zidan kelgandan beri birinchi bor o'z maydonida 4 gol o'tkazib yubordi. Zidan boshchiligida bu mavsum birinchi bor "Santyago"da yutqazdi. Boshqa biri 93-daqiqada gol o'tkazib turnirni tark etdi. Ichki muammolari tashqariga chiqib natijaga ta'sir qilmay qolmadi. Kasalni yashirsang... yashirishmayapti ham o'zi buyog'iga. Naqadar ular har xil, naqadar ular bir xil..Ispaniya kubogi, chorak final"Real Madrid" - "Real Sosedad" - 3:4"Atletik Bilbao" - "Barselona" - 1:0Kubok mavqei tushdi. La Liga qadri oshdi. Ikkinchi davradagi "klasiko" esa “jon chiqquncha jang” holatiga keldi.Davron Fayziev.
7-Fevral 2020,11:00
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0