La liga. Messi, Suares, Grizmanning gollari «Barselona»ga g'alaba keltirdi

Yuklab olish
Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida "Barselona" safarda "Eybar" klubi mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alaba qozondi.Uchrashuvning 13-daqiqasida Langlening uzatmasidan Grizmann yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, darvozabonni dog'da qoldirdi. 31-daqiqada esa Messi bir himoyachini aldab o'tib, posbon bilan birga-bir vaziyatda gol ura olmadi. Argentinalik futbolchi darvozabonni aldamoqchi bo'ldi, ammo Dmitrovich Leoning oyoqlari ostidan to'pni olib qo'ydi. Mana shu ikki vaziyatni inobatga olmaganda, "Eybar" futbolchilari birinchi bo'limda ancha dadil harakat qilishdi.Ikkinchi taymda esa "Barsa"ning ustunligi ancha oshdi. Mehmonlar 58-daqiqada qisqa uzatmalar orqali raqib jarima maydoniga kirib borishdi va Messi darvozani ishg'ol qildi. Oradan 12 daqiqa o'tib Lionel darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, o'zi zarba berishi mumkin bo'lgan vaziyatda Suaresga uzatma berdi. Luis esa darvozaning bo'sh qolgan qismini ishg'ol qildi — 3:0.Ushbu g'alabadan keyin "Barselona" o'z ochkolarini 19taga etkazib, vaqtinchalik bo'lsa-da jadvalda peshqadamga aylandi.Ispaniya La ligasi. 9-turEybar – Barselona 0:3 (0:1)Gollar: 0:1 – 13 Grizmann, 0:2 – 58 Messi, 0:3 – 66 Suares. Eybar – Dmitrovich, Oliveyra, Arbilya, Xose Anxel, Leon (Eksposito, 63), De Blasis, Alvares, Diop, Orelyana, Sharles (Kike Garsiya, 79), Enrik (Inui, 71).Barselona – ter Shtegen, Langle, Umtiti, Alba, Serdji Roberto (Semedu, 46), Artur (Vidal, 71), de Yong (Rakitich, 79), Buskets, Suares, Grizmann, Messi.Ogohlantirishlar: Diop (24), Sharles (24), Alvares (82), Inui (88), Eksposito (90).
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32246/+17)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)