Frantsiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti «Barselona» hujumchisi Lionel Messining «Manchester Siti»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o'z fikrini bildirib o'tdi.«Messi — Krishtianu Ronaldu emas. Jismoniy jihatdan u bunday mashina emas. Ronaldu – monstr, 32 yoshli Messi esa yuqori saviyada o'ynashi uchun 1-2 yil vaqt qoldi.Hattoki, "Barsa"ning ajoyib futbolchilari bilan birga o'ynashiga qaramay, u avvalgidek tezlik va dribling ko'rsata olmayapti. Ishonchim komil, u futbolchilik faoliyati oxiriga etayotganini tushunib turibdi.Ochig'ini aytsam, unga tezkor bo'lgan Angliya chempionati mos kelmasa kerak. Unga nisbatan zich harakat qilinsa, u bilan kurash olib borilsa — bu holat unga yoqmasa kerak. Ispaniyada esa uni ehtiyot qilishadi. Angliyalik muxlislar uchun uni ko'rish yoqimli bo'lardi, ammo «Man Siti» kabi jamoa 32 yoki 33 yoshli Messi bilan shartnoma imzolashi uchun sabab ko'rmayapman. Agar «Siti» uni qo'lga kiritishni istasa, bu ishni ikki yil avval qilishi kerak edi», – dedi Peti.
9-Fevral 2020,09:00
Shunaqa it tanimidigan odamla Messi haqida gapirib tanilmoqchi bolishadi sohta shuhratparastlar
Javob