Braziliyaning "Santos" klubi o'zining sobiq futbolchisi Neymarning transferi uchun "Barselona"dan qo'shimcha 4,5 mln evro undirmoqchi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar o'zaro kelishuvning bir bandini bajarishmagan. Jumladan, "Santos" va "Barselona" klublari futbolchining transferi doirasida 2013 yilda o'zaro ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishlari kerak edi. Ammo o'sha paytda faqat bitta o'yin o'tkazilgan bo'lib, braziliyaliklar o'tkazilmay qolgan yana bitta o'rtoqlik o'yini uchun kompensatsiya talab qilishmoqda. "Santos" bu borada "ko'k-anorranglilar"ga rasmiy maktub yubordi hamda navbatdagi 5 kun ichida javob kutishini ma'lum qildi. "Barsa" bunga rad javobini bersa, klub sudga murojaat qiladi.Eslatib o'tamiz, Neymar 88,2 mln evro evaziga "Barselona" safiga o'tgan. 2017 yilda esa "PSJ" uni 222 mln evroga sotib oldi. Hozircha ushbu transfer futbol tarixidagi eng qimmat transfer bo'lib turibdi.
19-Fevral 2020,16:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0