Onasini yig'latmaslikka va'da bergan va buni bajarib kelayotgan futbolchi
Belgiya terma jamoasi hamda “Inter” hujumchisi, gavdasi va katta boshi tufayli “Tank” laqabini olgan Romelu Lukaku onasiga shunday va'da bergan: “Siz va bobomga g'amxo'rlik qilaman, siz hech qachon yig'lamaysiz”.
Qashshoq bolalik
Romelu Menama Lukakuning tomirida akasi Jordanniki kabi futbolchining qoni oqadi. Chunki otasi ham Belgiya jamoalarida o'ynagan, onasi Adolfina esa farrosh bo'lib ishlagan. Romelu futbolga mehr qo'yganida otasi allaqachon faoliyatini tugatgan edi. Oila juda qashshoq yashardi, ishlab topilgan mablag'ning bir qismi, Kongo Respublikasidagi qarindoshlarga jo'natilardi. Ko'pincha uyda issiq suv va eletr bo'lmasdi, stolda non va sut turardi, xolos. Maktab direktori yosh Romeluga avtobusda yurishga puli bo'lmagani uchun velosiped sovg'a qilgandi. Qo'shni do'konlar esa qarzga narsa berishardi.
Doim guvohnomasini olib yurgan
Lukaku ta'lim bilan birga sport maktabiga ham qatnardi, u qatnaydigan maktabga otasi ham yoshlar murabbiyi sifatida ishlay boshladi. Qolaversa, bu maktabga o'g'illarini kuzatish uchun ota-onalarning ham kelishiga ruxsat berilgandi.
Romelu faoliyatini mahalliy yoshlar jamoasida boshladi. U doimo tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini olib yurishga majbur edi, chunki gavdasi tufayli ota-onalar uning o'g'illari bilan tengdosh ekanligiga ishonishmas, uni ataylab yoshi kichiklar orasida o'ynab yuribdi deb ayblashardi. Futbolchi intervyularidan birida bundan har safar jahli chiqishini, har safar “Shu oxirgi marta maydonga chiqishim”, deb qaror qilishini aytgan. Ammo doim o'zida yana maydonga chiqish uchun kuch topa olardi.
Murabbiy bilan garov
11 yoshida Lukaku Belgiyaning “Lers” klubi yoshlari tarkibiga borib qo'shiladi. 12 yoshida esa 34 ta o'yinda 76 ta gol uradi. 14 yoshida esa «Anderlext U-19» klubiga borib qo'shiladi. Bu esa Romeluning hayotida o'ziga xos burilish edi. Romelu murabbiyi bilan garov o'ynaydi: agar Lukaku 6 oyda 25 ta gol urmasa, zaxira o'rindig'iga mixlanadi, bordiyu bu ishni amalga oshirsa, murabbiy Lukakuning jamoadoshlari uchun xizmat avtobusi olinishiga yordam beradi va jamoa uchun ziyofat uyushtiradi. Natija shunday bo'ladiki, rojdestvo arafasida futbolchi tufayli jamoadoshlari shirinliklar bilan siylanadi. Bundan tashqari, Lukaku 16 yoshga to'lgach, “Anderlext” unga shartnoma va xizmat avtomobili, oilasiga esa yangi uy taklif qiladi. Romelu onasiga “hayotimiz hali o'zgarib ketadi” deya bergan va'dasini bajaradi.
Lukaku o'zi uchun birinchi navbatda sevimli televizorini sotib oladi va kabel televideniesini o'rnatadi. Maqsadi Belgiya chempionati finalini tomosha qilish edi. Keyinroq esa uni “Anderlext”ning asosiy tarkibiga chaqirishadi. Maktabni tugatish arafasida, aniqrog'i bitiruv kechasi vaqtida Romelu Evropa ligasida maydonga tushadi.
Futbol
Romelu o'zining birinchi professional mavsumidayoq mamlakat to'purariga aylanib, “Oltin butsa”ni qo'lga kiritdi. Shu bilan birga o'sha paytda Dik Advokat boshqarayotgan terma jamoa safiga chaqirildi. Keyin esa «Chelsi», «Yuventus» va «Manchester Yunayted» klublari yosh iqtidorga qiziqish bildirishdi. “Chelsi” varianti qulayroq chiqdi, qolaversa, bu transferga Dide Drogba ham qo'shildi. Lekin “aristokratlar” xo'jayini yosh va mashhur bo'lmagan futbolchi uchun 2 mln funt sterling juda qimmat deb hisobladi. Bir yil o'tgach “Chelsi”, baribir, Lukakuni sotib oldi, ammo endi Roman Abramovich 15 mln to'lashiga to'g'ri keldi.
Lukakuning “Chelsi”, “Everton” hamda “MYu”dagi faoliyatiga to'xtalib o'tishni doiz topmadik.
Eng yaqin sirdoshi
Romeluning eng yaqin do'sti va sirdoshi — onasi. “Anderlext”dagi 9-raqam — tug'ilgan kunining bir qismi. Onasi o'g'lini garchi haftasiga 130 ming funt sterling maosh taklif qilingan bo'lsa-da, “Everton” bilan shartnomani uzaytirish fikridan qaytargan. Adolfina, aslida, Lukakuning menejeri hisoblanadi, garchi futbolchi “Roc Nation Sports” agentligi bilan hamkorlik qilsa-da (bastakor Jay-Zga tegishli agentlik).
Romelu Lukaku va sevgilisi
Lukakuning sevgilisining ismi Juliya Vandenvege. Juftlikning birgalikdagi suratlari OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda kamdan-kam tarqaladi.
Juliya sayyohlik agenti bo'lib ishlagan, ammo keyin Lukakuning iltimosiga ko'ra uning yordamchisi bo'lgan. Romeluning o'zi ham turizm va reklama bo'yicha diplomga ega, qolaversa, 6 ta tilni biladi.
Coutinho_14
20-Oktyabr 2019,23:44
20-Oktyabr 2019,23:44
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (4)
I
Imom_Qurbonov [375] [off] 18:22, 28-Nov
Oo qoyil lekn gap soz boliwi mumkin emas faqat sabr qiliw kere ekan
Javob
Oo qoyil lekn gap soz boliwi mumkin emas faqat sabr qiliw kere ekan
Javob
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30185/+21)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
18-Noyabr
18:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)