Kataloniyaning «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi sobiq sarori, ayni paytda Qatarning «Al Saad» klubi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Xavi kelajakda "Barselona" klubidan taklif olsa, u taklifni o'ylamasdan qabul qilishini aytib o'tdi.
- Qatarda uzoq qolamanmi? Bilmayman. Murabbiylik borasida meni nima kutayotganini bilmayman. Yaqinda «Barselona» klubini boshqarishimga yaqin kelgandim. Meni u erga yanvar oyida chaqirishgandi. Lekin, hozir buning vaqti emas. Shunday ekan, meni bu erda ekanligim menga yoqmoqda. Yozda «Barselona» klubini boshqarishim haqiqatmi? Bilmayman, ammo, mening kelajakdagi maqsadim «Barselona» bosh murabbiyi bo'lish. Bu mening orzum va umid qilamanki, bu amalga oshadi. Shu yilning yozidami yoki keyinmi — buni bilmayman. Biroq, bu meni albatta qiziqtiradi, — dedi Xavi Nobelning yangi sonida.
3-Mart 2020,14:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0