«Golden boy»ning egalari hozir qaerda?
2003-yildan boshlab Evropaning eng iqtidorli yosh futbolchilariga topshirib kelinayotgan «Goldeb boy» sovrini hozirda juda katta nufuzga ega desak, adashmagan bo'lamiz. Xo'sh ushbu sovrinni qo'lga kiritgan futbolchilarning karierasi qanday ko'rinish oldi? Bugun shu mavzu haqida so'z yuritamiz. 1-qism
2003-yil - Rafeal van Der Vart
O'z vaqitda yangi Kroyf bo'lishi taxmin qilingan «Ayaks» klubi tarbiyalanuvchisi bu sovrinni birinchi bo'lib qo'lga kiritgan futbolchi sifatida tarixda qolishi aniq. Darhaqiqat, van Der Vart Evropa futboliga shiddat bilan kirib kelgan bo'lsada, aytarli hech narsaga erisha olmadi. Yangi avlod yarim himoyachisi kuchli zarba egasi bo'libgina qolmay, maydonni hamm a'lo darajada ko'ra olar, kerakli vaqtda 2 hujumchiga aylanib raqib darvozasiga hafv solishdi tengsiz edi. Afsuski, mashxurlik qahramonimizga o'zining salbiy ta'sirini o'tkazdi. Ushbu sovrini qo'lga kiritgan yili 21 uchrashuvda 18 bor gol kiritishni uddalagan Rafa keying mavsumda 34 ta uchrashuvda atigi 8 ta gol kiritadi. En achinarlisi shundaki, ushbu sovringa ega chiqqan van Der Vart batamom o'sishdan to'xtab qoldi. O'sha davrlarda «Ayaks» ustozi sifatida faoliyat olib borgan Ronald Kuman futbolchini o'z formasiga qaytarish maqsadida unga sardorlik bog'ichini topshirgan bo'lsada, ahvol yaxshilangani yo'q. Keyinchalik «Gamburg», «Real Madrid», «Tottenehem» singari klublarda to'p surgan Rafael aytarli birorta esda qolarli o'yin o'tkazgani yo'q. Gollandiyalik futbolchi o'z iqtidorini to'liq namoyish eta olmay o'z futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Mutaxassislarning fikricha, Rafael o'z kasbiga ma'suliyatsizligi bois, katta futbol sahnasida erta tushib ketdi.
2004- Ueyn Runi
2004-yilda bolib o'tgan Evropa chempionatida porlab chiqqan o'spirin barchaning nigohini o'ziga qarata oldi desak, adashmagan bo'lamiz. Darhaqiqat, «Everton» klubining yosh futbolchisi qit'a chempionatida nafaqat gollar kiritdi, balki o'zining sovuqqonligi bilan ham juda tez mashxur bo'lib ketdi. Eng qizig'I shundaki, Runi transfer oynasi yopishiliga 3 soat vaqt qolgandagina «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylandi va uning karierasi batamom yangi darajaga ko'tarildi…
Qahramonimiz dunyoning eng kuchli chempionati sanaladigan APLda 5 bor g'alaba qozonishga muvaffaq bo'libgina qolmay, «Manchester Yunayted»ning yangi tarixida klub uchun eng ko'p gol kiritgan futbolchilar ro'yxatida birinchi o'ringa (253 ta gol) ko'tarilib oldi. Keyinchalik «qizil iblislar»ning afsonaviy futbolchisi biroz muddat «Everton» klubida to'p surdi va karierasi so'nggida MLSga yo'l oldi. Ma'lumotlarga qaraganda 2020-yili futbolchi «Derbi» klubining o'ynovchi murabbiyiga aylanadi.
2005-yil Leo Messi
Argentinalik futbolchi ushbu sovrinni qo'lga kiritganida Evropadagi barcha futbolchilar yangi davr boshlanayotganini sezgan bo'lsa, ajab emas. Nimjongina yigitning kelajakda 5 ta «oltin to'p»ni qo'lga kiritishga qodir iqtidori borligini unga u bilan bir maydonda to'p surgan barcha futbolchilar darrov sezishgan va uning kelajagi porloq ekanligini tahmin qilishgan edi. Darhaqiqat, Messi ushbu sovrinni qo'lga kiritgan futbolchilarning barchasidan ko'ra ko'proq sovrinlarni yutibgina qolmay, barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
2006-yil Sesk Fabregas
19 yoshida «Goldeb boy» sovrinini qo'lga kiritgan Fabregas shu qadar ishonchli o'yin namoyish etar ediki, 21 yoshida «Arsenal»ning sardori darajasigacha ko'tarilishga muvaffa bo'ldi. Maydon markazida deyarli barcha vazifani bajaruvchi futbolchi uzoq muddat davomida «to'pchilar»ning etakchisi sifatida to'p surdi va o'zining eng kuchga to'lgan paytida “”Barselona” safiga o'tib ketdi. Ispaniyadagi mavsumlar davomida qahramonimiz YChLdan boshqa barcha musobaqalarda g'alaba qozondi va «Chelsi» safiga o'tib ketdi. London klubida Fabregas 2 bor APL g'olibligini qo'lga kiritgan bo'lsada, jisonan oqsay boshladi. Shunga qaramasdan qahramonimiz 2018-yili Frantsiyaning «Monako» klubiga yordam berish maqsadida o'zi uchun qiyin yo'lni tanladi…
2007-yil Serhio Aguero
2006-yilda Argentinada klubidagi past bo'yli hujumchi uchun «Atletiko Madrid» 23 million evro to'laganida, barcha ushbu transferni omadsiz chiqishini tahmin qilgan bo'lsa, ajab emas. Qo'shimchasiga Aguero o'zining ilk mavsumida deyarli hech kimni hayron qoldirmagan bo'lsada, 2007/08-mavsumda chinakam gol mashinasiga aylanib ketdi. «Manchester Siti» klubining tirik afsonasi o'sha mavsum «Golden boy» sovrinini qo'lga kiritganidayoq ko'plab top klublar e'tiborini yosh iqtidorli futbolchi sifatida emas, chinakam etuk futbolchi sifatida qozonib bo'lgan edi. «Atletiko Madrid»dan so'ng Manchester shaxriga yo'l olgan futbolchi «Shaxarliklar» tarixidagi eng omadli xarid sanaladi. Darhaqiqat, Aguero «Golden boy» sovrinini bejizga olmaganini hozirgi kulnarimizga qadar isbotlab kelmoqda.
Coutinho_14
21-Oktyabr 2019,22:45
21-Oktyabr 2019,22:45
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+18)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)