Kike Setienning tarkibdagi oʻyinchilar bilan aloqasi "ajoyib", lekin murabbiy baʼzi futbolchilarning ishonchiga kirish boshqalarinikidan koʻproq vaqt olishini taʼkidlamoqda. Setien yanvarda "veteranlar" tomonidan kiyinish xonasida yaxshigina hurmatga ega boʻlgan Valverdeni oʻrniga keldi va "Barsa" da biroz mushkul hayot kechirmoqda. Klub "Copa del Rey" musobaqasida "Atletik Bilbao"ga imkoniyatni boy berdi. Bundan tashqari, La Liga doirasidagi "Valensiya" va "Real Madrid"ga boʻlgan baxsda ham ochkosiz qolishdi.
Kataloniya nashrlarining xabar berishicha, Valverde tarkibda qoʻllagan oʻyin uslubi va mashgʻulotlar tartibiga Sitien tomonidan qatʼiy oʻzgartirishlar kiritilgan. "Bizni kiyinish xonasida nazoratni qoʻldan chiqarganimiz haqidagi gap-soʻzlarga asos ko'rmayapman" deydi klub bosh murabbiyi "Copa del Rey" finalchisi "Real Sosedad"ga qarshi oʻyin oldidan boʻlib oʻtgan konferensiyada.
7-Mart 2020,07:45
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0