"Barselona" klubi darvozabon Mark-andre ter Shtegen bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda. Jamoa germaniyalik posbonga yangi shartnoma taklif qildi, deya xabar tarqatdi jurnalist Nikolo Skira o'zining Twitter'dagi sahifasi orqali.Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar o'yinchiga 6,3 million evro yillik maosh qilishdi. Ushbu summaga mukofot pullari kirmaydi. Avvalroq ter Shtegen 15 million evro yillik olishni istayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Ammo jamoa bunday summani to'lashga tayyor emas. Futbolchiga "Yuventus", "Chelsi" va "Bavariya" klublari qiziqish bildirishmoqda.Ushbu mavsumda 27 yoshli futbolchi "Barselona" safida barcha musobaqalar doirasida 34ta o'yinda maydonga tushib, 34ta to'p o'tkazdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
16-Mart 2020,08:10