Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) 17 mart, seshanba kuni o'tkaziladigan yig'ilishda koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtab qolgan milliy chempionatlarini ham muhokama qiladi. Bu haqda "AS" xabar tarqatdi.UEFA chempion, evrokuboklar yo'llanmasini qo'lga kiritadigan klublar, shuningdek, yuqori divizionni tark etadigan jamoalarni aniqlash tamoyillarini belgilab olmoqchi. Agar musobaqalarni yakunlashning iloji bo'lmasa, UEFA ayni paytda jadvalda peshqadamlik qilayotgan klublarni chempion sifatida tan olmoqchi. Xuddi shu tamoyil esa kelasi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalar aniqlanishi kutilmoqda. Quyi divizionga tushib ketadigan jamoalar va yuqoriga chiqadigan klublar masalasini esa UEFA milliy ligalar ixtiyoriga qoldiradi.Eslatib o'tamiz, ayni paytda Angliya chempionatida "Liverpul", Ispaniyada "Barselona", Italiyada "Yuventus", Frantsiyada "PSJ", Germaniyada "Bavariya" peshqadam bo'lib turibdi. Evropaning top-5 chempionatlari esa Evro-2020ni boshqa muddatga ko'chirish orqali, may-iyun oylarida mavsumni yakunlab qo'yishni istashmoqda.
16-Mart 2020,22:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0