Mavsumning boshidagi ajoyib o'yini bilan "Osasuna" o'yinchisi Chimi Avila bir necha ispan grandlari, jumladan "Barselona","Atletiko Madrid", va "Sevilya" skautlari e'tiboriga tushdi. Lekin o'yinlar davomida orttirilgan jarohat bu shov-shuvning ovozini "pasaytirib" qo'ydi.
"Goal.com" bilan bo'lib o'tgan intervyu chog'ida Avila transfer mish-mishlari hamda Messi bilan bir jamoada o'ynashi mumkinligi haqidagi fikrlar blan o'rtoqlashdi.
Uning ta'kidlashicha, u transferlar borasida mish-mishlarning hech qaysilisiga jiddiy e'tibor qaratmagan. Uning eng asosiy maqsadi jarohatdan tezroq tuzalib "Osasuna"ga yordam berish. Lekin futbolchi kelajakda jamoasida o'zgarish bo'lishi mumkinligi haqida ham biroz to'xtalib o'tgan:
"Bor fikri hayolim tezroq tuzalib safga qaytish. Yangiliklar haqida o'ylaganim ham yo'q. Lekin tez orada agentim bilan bu xususda maslahatlashaman."
Shunindek, o'yinchi Messi haqida ham fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Barchaning u bilan o'ynagisi keladi. Chunki u dunyoning eng zo'r o'yinchisi. Lekin bu, shaxsan men uchun orzu emas. U bilan terma jamoda ham o'ynab qolishim mumkin."
Eslatib o'tamiz, jarohatga qadar to'qqizta gol va ikkita golli uzatmani hisobiga yozishga ulgurgan o'yinchiga, "Barselona" ham haridor bo'lgan edi va yakunda jarohat sabab boshqa futbolchi Martin Breysveyt bilan shartnoma imzolagan edi.
17-Mart 2020,16:30