Koronadan eng ko'p zarar ko'rishi mumkin jamoalar
Yuklab olish
Evropadagi deyarli barcha chempionatlar koronavirus sababli to'xtatilayotganidan xabaringiz bor. Aslida, bu pauzaning qaysidir jamoalar uchun katta naf bergan bo'lishi ham mumkin. Mavsumning eng qizg'in pallalarida hordiq chiqarish kimga ham yoqmaydi deysiz, biroq ayrim jamoalar borki, ular endigina o'zlarining pik sport formasiga kirib olishgan va mavsumning hal qiluvchi palasida “otni qamchilab qolishlari” kerak edi. Achinarlisi shundaki, ushbu jamoalar endi mavsumning qolgan qismi o'tkazilguniga qadar kutishlariga to'g'ri keladi. Bugun ichki birinchiliklarning to'xtatilishi sababli barchadan ko'proq (sport nuqtai nazaridan) zarar ko'rgan jamoalar bilan tanishtirib o'tamiz.
“MANChESTER YuNAYTED”
2020-yilda Sulsher bahor shamolini ushlab qolishga muuvaffaq bo'lgandek tuyulayotgan edi. Mavsumning ilk qismida iste'fosi haqidagi mish-mishlardan charchagan murabbiy yangi yilni juda ko'tarinki kayfiyatda boshladi. Bugungi kunda “qizil iblislar” EChLga yo'llanma beruvchi shringa asosiy da'vogar bo'lib turishibdi. Bundan tashqari, Sulsher shogirdlarida “Chelsi”ni quvib o'tish imkoniyati ham mavjud. “Lester”dan 3-o'rinni tortib olish mushkul, biroq jamoaning Evropa Ligasidagi ishlari ham chakki ketmayotganini unutmaslik lozim. Chempionat yakuniga qadar 9 ta tur qolgan bir paytda “Manchester Yunayted” o'zining eng pik formasiga ko'tarilib olgani mavsumni sovrin bilan yakunlash imkonini berishi mumkin edi. Shuningdek, kubok bahsidagi “Norvich” bilan to'qnashuv.
Agar to'xtalish uzoq davom etmasa, “Manchester Yunayted” o'z rejalarini amalga oshirish imkoniga ega. Shu o'rinda o'rinli savol. Sulsher shogirdlari pauzadan so'ng, yana o'z ritmlariga tushib olashiga qodirmi? Bu oson bo'lmasligi aniq.
LATSIO
Rimliklarda uzoq kutilgan skudettoni qo'lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Afsonaviy jamoa o'z tarixida atigi ikki bor chempionlikni qo'lga kiritgan xolos. “Burgutlar” ustozi bu mavsumda o'z futbolchilarining jismoniy imkoniyatlarini to'g'ri taqsimlagani bois jamoa chempionlik uchun so'nggi turlarga qadar g'oliblik uchun kurash olib boruvchi jamoaga aylandi. Simone Indzagi shogirdlari ikkinchi davrada o'zining pik formasiga kirib olganini barcha ko'rdi. Ularning o'yini “Yuventus” va “Inter”niki nisbatan tajovuzkor va tomoshabop chiqayotgani ham ayni haqiqat. Italiyadagi keskin karantin poytaxt klubining rejalarini barbod qilib qo'yishi mumkin. Sababi, Italiyada bugun nafaqat o'yinlar, balki mashg'ulotlar ham bekor qilinganini unutmaslik lozim. Koronavirus engilgach, “Latsio” qanday jismoniy holatda bo'lishi noma'lumigicha qolmoqda.
“ATALANTA”
Tavtalogiya uchun uzr, biroq “Atalanta” ham aql bovar qilmas darajada pik formaga kirib olgan edi. Aynan ular Evropadagi eng shiddatli va chiroyli hujum chizig'iga ega klub. To'g'ri, klub chempionlik uchun kurashda qatnashmayapti, biroq bergamoliklarning EChLdagi ishtiroki ko'zni quvnatayotgan edi. Afsuski, Bergamo borgan sari koronavirusning o'chog'iga aylanib bormoqda. Italiya hukumati tez orada ushbu shaharga kirish-chiqish eshiklarini yopishni reja qilgan. Ayni damda, Italiyada hech kimning futbol bilan ishi bo'lmayapti. Mavsum yakunlab qo'yilishi turgan gap, biroq Gasperini shogirdlarini qayta ishga tushirishni uddalay oladimi? Mana shu savolga hozir hech kim javob bera olmaydi.
“BAYER”
Ushbu klub mavsumning hal qiluvchi pallasida keskin ko'tarilishni amalga oshirishga qodir. Boz ustiga, ularning Evropa ligasidagi o'yinlari ham barchaning e'tibor markazida turibdi. Aslida Germaniyadagi vaziyat Italiyadagi singari og'ir emas, biroq har ehtimolga qarshi uchrashuvlarda ehtiyotkorlik choralari oshirilmoqda. Bugungi kunda “Bayer” jamoasida mashg'ulotlar to'xtatilmagan, biroq o'yin amaliyotisiz jangovar ruhni ushlab qolishning iloji yo'q. Boz ustiga, Piter Bosh Bundesliganing ikkinchi qismini eng yaxshi o'tkazayotgan murabbiylardan biri. U qanchalar kuchli murabbiy bo'lmasin, Bosh ham tanaffusdan so'ng futbolchilarning o'yin tonusini ortga qaytara oladimi? Tanaffusdan so'ng, barcha birdek imkoniyatga ega bo'lganida, “Bayer”ning ustunligi yo'qqa chiqishi mumkin. Bu esa, “Bayer”ning imkoniyatlarini keskin kamaytirib yubordi.
“REAL SOS'EDAD”
Yaqinda “Barselona”ga mag'lub bo'lgan bo'lishiga qaramay, “Real Sosedad” fevral oyida juda yaxshi ko'rinayotgan edi. Beshinchi o'rinda borayotgan jamoa mavsum so'ngiga qadar kuchli uchlikka kirish imkoniyati mavjud. Jamoaning odinda “Osasuna”, “Alaves” jamoalari kutib turibdi. Boz ustiga, jamoa ajoyib formaga kirganini alohida qayd etish joiz. Ayniqsa, Isak, Yanuzay, Edogor, Villian Joze va Merinojarohatsiz ajoyib mavsumni o'tkazishmoqda. Ularning yaxshi formada ekanligini Ispaniyaning kuchli uchligiga kirish uchun imkoniyatini berishi mumkin. Achinarlisi shundaki, jamoa murabbiy mavusmning qolgan qismini qanday yakunlash borasida bosh qotirishiga to'g'ri keladi.[/blue]
Manba:stadion.uz

BerGKamp[nou]
17-Mart 2020,03:34
17-Mart 2020,03:34
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30192/+11)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
16-Noyabr
23:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)