"Barselona"ning sobiq oʻyinchisi Fabregas garov oʼynab, Kabalyeroga "Range Rover" yutqazib qoʼydi, ammo vaziyatdan chiqib keta oldi
Hech qachon Sesk bilan garov oʼynamang!
Garov - bu yomon. Аgar raqibingiz Fabregas boʼlsa, ishingiz ikki baravar chatoq. Ispaniyalik "Chelsi"da koʼpincha mashgʼulotlardan keyin qolib, jamoa darvozabonlari bilan penalьtini mashq qilardi. Har ikki tomon bor kuchini ishga solishi uchun u doimo katta boʼlmagan mablagʼ tikardi va doimo yutgan.
Bir necha kun oldin Sesk omadsiz garov haqida gapirib berdi. Uning soʼzlariga koʼra, faoliyatidagi 29ta penalьtidan 11tasini qaytargan Villi Kabalyero Fabregasni taslim qilgan ekan. Аmmo yarim himoyachi zarbalardan oldin oʼziga juda ishongani va xavfni his qilmagani haqida gapirdi.
Shu sababli ispaniyalik darvozabonga kutilmagan garovni taklif qildi: Аgar argentinalik posbon zarbani qaytarsa, Sesk unga Range Rover sovgʼa qilishini aytdi. Baxtga qarshi, Fabregas butun jamoa koʼz oʼngida sharmanda boʼldi, kiper seyv ijro etdi.Ispaniyalik Kabaelьeroga mashina qarz boʼlib qoldi, ammo ayyorlik ishlatdi. Ular mashinaning holati haqida kelishishmagan edilar.
"Men metallolom bazasidan 950 funtga Range Rover sotib oldim - uni haydashning iloji yoʼq edi" - dedi Sesk.Ushbu hikoyani birinchi boʼlib aytib bergan Marchin Bulkaning soʼzlariga koʼra, mashinaning oynalari singan, faqat eshiklar butun edi.
Аslida mashinaning holati juda qoʼrqinchli boʼlmagan.
Sesk hikoyasidan xulosa shuki, hech qachon garov oʼynamang. Hech qachon.
18-Mart 2020,09:45