«Yuventus» klubi va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Felipe Melo milliy jamoa safida Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nisbatan qanday harakat qilgani haqida so'zlab berdi.«U noyob iqtidor egasi. Braziliya terma jamoasi unga qarshi o'ynaganida biz o'yinchilar bilan o'zaro kelishib olardik: «Har bir o'yinchi unga zarba berib, uning zaxiraga olinishiga majbur qilish kerak». Boshqacha yo'l bilan uni to'xtatib qolish qiyin. Biz uni sindirishni istamagandik, shunchaki uni o'yin ritmidan chiqarib yuborib, unga noqulaylik tug'dirishni xohlagandik. Bu taktik yurish edi. Messi — Krishtianu Ronalduga nisbatan yaxshiroq o'yinchi. Krishtianu beshta gol urishi mumkin, ammo Messining bir o'zi beshta gol uradi va jamoadoshlariga golli uzatma beradi. Leo universal futbolchi», — dedi Melo.
18-Mart 2020,22:40