"Barselona" futbolchilari koronavirus pandemiyasi sababli ish haqini kamaytirishga kelishib olishdi, deb xabar beradi "Mundo Deportivo".Nashrning yozishicha, Kataloniya klubi prezidenti Xose Bartomeu Lionel Messi, Jerar Pike, Serxio Buskets va Serji Roberto bilan uchrashgan. Umuman olganda, futbolchilar vaziyatga xayrixohlik bilan munosabatda bo'lishdi va Ispaniya chempionati tiklanmaguncha ish haqini kamaytirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.Eslatib o'tamiz, "Barselona" katta yo'qotishlarga duch kelmoqda, chunki koronavirus tufayli klubning daromadi sezilarli darajada kamaydi."Barselona" ning 2020 yilgi byudjeti 1 milliard 47 million evroni tashkil qiladi. Shulardan Kataloniya klubining maosh hajmi 552 million evroni tashkil qiladi. Klub umid qilmoqdaki, futbolchilar bilan kelishuv tufayli xarajatlar bir milliarddan oshmaydi.
22-Mart 2020,17:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0