Klubga yangi murabbiy kelishi ba'zi futbolchilarning foydasi uchun ishlasa, ba'zilarning zarari uchun ishlaydi. Hozir siz bilan Setienning kelishi o'yinchilarimiz uchun qay darajada ta'sir o'tkazgani hususida fikrlashamiz:
"+"lar
1. Nelson Semedu.
Shubhasiz, Setien jamoasining o'ng qanot himoyasi kuchayib bormoqda. Aftidan, biz dastlab ko'rishni orzu qilgan Semeduni endi ko'rib turibmiz. Kiki boshchiligidagi sakkizta o'yinda Semedu ikkita assistni tashkillab, ximoya qo'rg'onini mustahkamlab kelmoqda.
2. Serxio Buskets.
Mavsum boshidagi Serxio bilan Setien tarkibidagi Serxio tubdan farq qilmoqda. O'ynalishi mumkin bo'lgan 1080 daqiqani 969 daqiqasini asosiy tarkibida o'ynagan o'yinchi, faqatgina Qirol kubogi o'yinida qatnashmadi, xolos.
3. Arturo Vidal.
Ko'pchilik muxlislarning Vidalni asosiy tarkibda ko'p tushirilayotganidan noliyotganiga qaramay, murabbiy Vidalni qo'rqmasdan hujum chizig'ida ham foydalanishga urinib ko'rdi.
4. Samuel Umtiti.
Fransiyalik futbolchining tizzalarida paydo bo'lgan jarohat Valverde boshchiligidagi "Barsa" tarkibida Langle uchun ehtiyojni tug'dirgan edi. Lekin, janob Kike Samuelga Langledan ko'ra ko'proq ishonadigan ko'rinadi.
"-"lar
1. Klemen Langle.
Langleda ham oson emas. Asosiy tarkibdan joy olish uchun Umtitidek raqobatchisi bor.
2. Ansu Fati.
Braitveyt kelganidan Fatining aktivligi biroz susayib qolganday, bundan tashqari, yuqorida aytilganiday Setien hujumdagi Vidal variantini ham sinab ko'ryapti.
3. Karles Peres
Perez uchun deyarli imkoniyat berilmadi hisob. "Roma"ga ketishdan oldin "Granada"ga qarshi 11 daqiqa va "Ibiza"ga qarshi 59 daqiqani hisobga olmasa boshqa o'yin amaliyoti bo'lmadi.
25-Mart 2020,21:45