Kim kuchli? Maradona yoki Messi

Yuklab olish
“Barselona” va “Napoli” to'qnashuvidan so'ng, Maradona va Messini solishtirish avj olib ketdi. Bu borada ko'plab futbolchi va murabbiylar o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi ham. Ikki inson ham futbol rivoji uchun ulkan xissa qo'shgan mega yulduzlar. Shunday bo'lsada, statistik ma'lumotlar orqali ularni solishtirib ko'rishga harakat qilamiz.
Klub darjasida qo'lga kiritilgan sovrinlar
Super klassdagi futbolchi bo'lishiga qaramay, Maradona juda kam sovrin yutgan. Argentinalik daho hisobida 8ta klublar miqyosidagi sovrin mavjud bo'lib, ularning 7tasi ichki birinchilikda qo'lga kiritilgan. Bu borada Messi o'z vatandoshidan deyarli 4 barobar ustunroq. U shu kunga qadar 34ta kubokni boshi uzra ko'tarishga ulgurdi.
Terma jamoadagi sovrinlari
Diego Armando Maradona ismi butun dunyoga tanilishi uchun atigi bitta mundial kifoya qilgan desak, adashmagan bo'lamiz. Argentinani JCh g'olibligi sari etaklagan Diego faoliyati davomida faqat bir marotaba Argentina terma jamoasi libosida shohsupaga ko'tarilgan xolos. Shunga qaramay, bu uning buyuk futbolchi sifatida tarixda qolishiga to'sqinlik qila olmadi. Undan farqli o'laroq, Messi yangi avlod futbolchilari orasida eng iqtidorli futbolchi bo'lishiga qaramay, jamoasi uchun birorta sovrin yutgani yo'q. To'g'ri, JCh finaliga qadar etib bordi, biroq finalda engilish ikki hissa alamli bo'lgani uchun Germaniyaga qarshi uchrashuvni ko'pchilik muxlislar yodga olishni ham istashmaydi. Shuningdek, Messi Argentina uchun 2008-yildagi Olimpiadada g'oliblikni qo'lga kiritgan, biroq bu sovrin Maradonaning yoshlar o'rtasidagi JChdagi g'olibligi bilan ham teng kela olmaydi.
Shaxsiy sovrinlar
Bu borada ularni solishtirishning iloji yo'q. To'g'ri, Messi qo'lga kiritgan naqd oltita “Oltin to'p”i bilan kuchliroq ko'rinishga haqli, biroq “FranceFootball” Maradona davrida bu sovrinni faqat evropalik futbolchilargagina taqdim etgan. Agar shu qonun bugungi kunlarimizga qadar etib kelganida, Messi ham Maradona singari “oltin to'p”larsiz qolib ketishi aniq edi. Shu sababli, bu nominatsiyadagi ustunlikni “Oltin to'p” bilan belgilamaymiz.
Diego FIFA tomonidan yuz yillikning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etilgan. Qahramonimiz bu borada o'tkazilgan so'rovnomada azaliy raqibi Peleni va Eysebiolarni katta farq bilan ortda qoldirgan. Xo'sh, Messi ham u singari yuz yillikning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkinmi? Oldinda yana 80 yil mavjud. Bu vaqt davomida yangidan yangi daholar tug'ilmaydi deb kim kafolat beradi? Asr so'ngiga borib, 80 yil avvalgi futbolchining hozirgi singari hurmati bo'ladimi? Bu boradagi savolga hech kim aniq javob bera olmagani uchun ushbu kreteriyda Maradonaning qo'li baland keldideb hisoblasak, adolatdan bo'ladi.
Kim foydaliroq?
To'purarlik borasida Messi Maradonadan ustunroq. Bundan tashqari, bu ustunlikni yanada yaxshilash uchun Messida etarlicha vaqt mavjud. Hisob-kitoblarga qaraganda, Maradona futbolchilik faoliyati davomida 344 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Bu har bir o'yinda o'rtacha 0,51 ta gol degani. Messining statistikasi ko'zni quvnatmay qo'ymaydi. Bugunga qadar 707 ta golni darvozaga joylab qo'ygan Leo har o'yinda o'rtacha 0,8 ta golga mualliflik qilmoqda.
Barqaror o'yin
Mana 14 mavsumdan beri Messi yuqori formani mukammal ushlab turibdi. Uning hujumdagi harakatlari yillar o'tayotganiga qaramay, sekinlashgani yo'q. Qahramonimiz deyarli har mavsumda 30 tadan ko'proq gol kiritishni uddalamoqda. Maradona ham mavsum davomida 40 ta gol kiritishni uddalagan, faqat bir marotaba xolos. Maydondagi barqarorlik borasida ham Messi vatandoshidan saviyaliroq ko'rinmoqda. Tan olish lozim, Maradona o'z faoliyati davomida ko'proq beqarorligi bilan dong taratgan.Ayniqsa, doping muammosiga o'ralashib qolgach, futbolchi avvalgi darajasiga ko'tarila olmadi. Achinarlisi shundaki, o'z saviyasiga qaytish uchun Maradonada bir nechta imkon bo'lishiga qaramay, futbol qiroli imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi va ko'proq daromad qilish payida bo'ldi. Statistik ma'lumot ham bundan dalolat berib turibdi.
Qay biri ijobiy qahramon?
Bu borada uzoq so'zlash mumkin. Ayni damda ko'plab muxlislar Messini kamgap va kamtarin deb hisoblashadi. Tashqaridan qaraganda shunday tuyulishi aniq, biroq shelmani ko'tarsangiz,Messining “hunarlarini” ko'rishingiz mumkin. Uning murabbiy almashtirishi, yiliga 100 million evro evaziga “Barselona”da to'p surishi va boshqa ko'plab detallar uning faoliyatiga soya olmadi. Messi sayyoramizdagi eng mashhur insonlardan biri sifatida e'tirof etilishda davom etmoqda. Uni salbiy qahramon deyishga etarlicha asosimiz mavjud, biroq u maydonda ko'rsatayotgan o'yin barcha-barchasini yuvib tashlashini ham inobatga olish joiz.Maradona o'z davrining eng janjalkash “yigit”laridan biri bo'lgan. Uni doping bilan ushlab olishgani, maydon tashqarisida ko'rsatgan hunarlari haqida soatlab so'zlash mumkin. Ayni damda pul uchun butun dunyoni kezib yurgan Diegoni ham ijobiy qahramon deb bo'lmaydi,albatta.

O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32247/+17)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)