Xayrulla Xamidov maqolasi:Etakchi
Bugun 26 mart.Ko'pgina nomlar bor, biroq ichida mengaMikel Artetaboshqacha ko'rindi. Sababi bor.
Birinchidan, yaxshi futbolchi bo'lgan, so'ng sifatli murabbiy bo'lib faoliyat olib borayotgan kamsonli mutaxassislardan, ikkinchidan, hozirda u yordamga muhtoj. Koronavirus bilan kurash olib boryapti. “Olimpiakos” bilan kechgan bahs unga qimmatga tushdi.
“Arsenal” matbut xizmatining bergan xabariga ko'ra, sog'lig'i yaxshilanyapti, murabbiylar bilan doimo tarmoqda aloqada. Karantinda ham ishlayapti.
Mikel Artetaning millati bask. San-Sebast'yandan. “Barselona” maktabi tarbiyalanuvchisi. Kataloniyaning bosh klubida faoliyati o'xshamagani uchun turli klublarda baxtini izladi. PSJ da, so'ng “Glazgo”da, “Real Sos'edad” va “Everton”da turli yillar o'ynagan. Yomonmasu, ammo maqtaguli faoliyat chiqmagan. Artetaning bor iqtidorini ochgan klub “Arsenal” bo'ladi. Londonliklar tarkibiga kelib qo'shilgach, u markazning hokimiga aylandi. Besh yil o'ynadi. Shu erdan boshqa jamoaga o'tmadi.
Futbolchiligini yakunlab bergan klub murabbiylik sohasida debocha vazifasini o'tab bermoqda. Artetaning o'ynayotgan paytidayoq murabbiylik salohiyati namoyon bo'lgan. “ManSiti” ustozi Gvardiolaga shogird bo'lib tushganida, hech kim ajablanmadi. “Arsenal”ga ham og'ir paytlari keldi. Murabbiyga yolchimayotgan klubni mavsumning yarmidan qutqarishi lozim bo'lib qoldi. Qutqaryapti ham. Muhimi, “Emereyts”ga tashrif buyurgan muxlislar to'pchilar o'yinidan mamnun.
Artetaga sog'liq tilaymiz. Bugun 38ga kirgan mutaxassis yaqin kelajakning eng kuchli murabbiylaridan biriga aylansa ham, ajablanmaymiz. Zotan “Arsenal”ga kelgan yilidayoq klubning muammolarini ham echyapti, yangi vabo bilan ham kurash olib boryapti. O'zimas bunday sinovlar...
Xayrulla HAMIDOV.

BerGKamp[nou]
26-Mart 2020,07:43
26-Mart 2020,07:43
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30185/+21)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
18-Noyabr
18:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)