Ronaldinoni qamoqxonada koronavirus sababli uchrashuvlarsiz qolishi mumkin
Paragvayda Ronaldino va uning akasi Roberto qamoqda qolmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, ularning ahvoli og'irlashmoqda. Manbaning ta'kidlashicha, mamlakatda tarqalgan koronavirus bilan kurashish uchun ularga advokatlaridan tashqari mehmonlarni qabul qilish taqiqlangan.
O'tgan hafta Ronaldinyo o'zining 40 yoshini Asunsion qamoqxonasida nishonladi. U “Churraskariya” (Braziliya uslubidagi taom) bilan ozgina ziyofat uyushtirdi va unga hatto boshqa mahbuslar tomonidan tug'ilgan kun uchun tort ham berildi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldinyo va uning ukasi Roberto Paragvay rasmiylari tomonidan 6 mart kuni mamlakatga soxta pasportlar bilan kirishga urinishlari uchun sudgacha qamoqqa olingan edi.
Hozirgi kunda aka-ukalar Asunsion shahridagi Agrupasion Espesializada qamoqxonasida qolmoqda. Bu 200 kishilik qamoqxona - giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchilar, politsiyachilar, siyosatchilar va jinoyatchilar uchun mo'ljallangan qamoqxonadir.
Ko'p manbalarda aytilishicha, sudgacha hibsda saqlash olti oygacha davom etishi mumkin. Biroq, ikkalasi ham jinoyati uchun haqiqiy qamoq jazosini o'tashi kutilmoqda.
Ronaldinyo "Barselona" da 2003-2008 yillarda o'ynagan. U "Barsa" safida 207 o'yinda 94 ta gol urgan va 4 ta kubok yutgan. “Ko’k anorranglilar” davrida u "Oltin to’p"ni yutgan. U Leo Messidan oldin 2005 yilda ushbu sovrinni qo'lga kiritgan so'nggi "Barsa" o'yinchisi.
Manba: Mundo Deportivo
Coutinho_14
28-Mart 2020,18:42
28-Mart 2020,18:42
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+19)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
18-Noyabr
18:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)