Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen futbolsiz zerikayotganini tan oldi.
«Mening hozirgi odatim unchalik yaxshi emas, ammo hamma narsa bir aylana ichida takrorlanmoqda. Tushlikdan oldin mashqlar bilan shug'ullanaman, keyin uylarni tozalayman. Oilamiz bir birini qo'llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Biz turli guruhlarga bo'linamiz, biror narsa bilan shug'ullanamiz, keyin qayta yig'ilib qilgan ishlarimizni bir birimizga aytib beramiz.
Futbolni, yashil maydonni, sakrashlarni va seyvlarni juda sog'indim. Uyda hech bo'lmaganida men bilan ozgina birga futbol o'ynaydigan odam yo'q.
Jamoadoshlarim bilan messenjer va videokonferentsiya orqali gaplashib turamiz. Hozir aloqani uzmaslik juda muhimdir. Jamoamiz yaqin aloqa bilan ajralib turardi, hozirgi paytda o'sha aloqani yo'qotib qo'ymaslik juda muhimdir», — dedi Ter Shtegen.
29-Mart 2020,01:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0