CIES Football Observatory tahlil markazi koronavirus pandemiyasi tufayli futbolchilarning transfer narxlari keskin tushib ketishi haqida ma'lumot tarqatgan edi. Agar iyun oyi oxirigacha klublar hech qanday o'yin o'tkazishmasa va futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirilmasa, Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida faoliyat yuritayotgan o'yinchilarning narxlari o'rtacha 28 foizga tushib ketadi. Bunday pasayish tufayli tarkibi eng ko'p arzonlaydigan jamoa «Manchester Siti» bo'ladi. Iyun oyi so'nggiga kelib "shaharliklar" futbolchilarning narxi borasida 412 million evro yo'qotishga uchraydi. Bu borada keyingi o'rinlarda "Barselona", "Liverpul" va "Real" klublari bo'ladi.Tarkibi eng ko'p arzonlashadigan klublar. Top-10:1. «Manchester Siti» – 412 mln evro2. «Barselona» – 366 mln3. «Liverpul» – 353 mln4. «Real» – 350 mln5. «PSJ» – 302 mln6. «Manchester Yunayted» – 293 mln7. «Inter» – 276 mln8. «Bavariya» – 267 mln9. «Chelsi» – 251 mln10. «Tottenxem» – 227 mln.
2-Aprel 2020,06:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0