2018 yilning 4 aprel kuni EChL chorak finalida "Kamp nou"da "Barselona" "Roma"ni qabul qilgan. Birinchi o'yin. Bu juftlikda shubhasiz Ispaniya chempioni favorit, Rim klubi turnirning oxiriga etib kelgan jamoa sifatida qaralardi. Bu xulosaga Kataloniyada o'tkazilgan o'yin yanada yaqinlashtirdi. Chunki uchrashuv "Barsa"ning tinimsiz hujumlari bilan boshlandi. Bo'lim tugashi arafasida Daniele De Rossi o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi. Tanaffusdan so'ng bu ishni Kostas Manolas takrorlab berdi. "Barselona" raqibning ikki avtogolidan so'ng o'zi ham gol urishi kerakligini angladi va o'yinning birinchi soati tugayotganda Pike katta sahnaga chiqdi."Roma" Italiyadan Ispaniyaga kelgan muxlislari haqqi hurmati nihoyat hujumlar uyushtirishni boshladi. Shu bois, 80-daqiqada Edin Jeko tomonidan kiritilgan gol mantiqiy gol bo'ldi.Ammo "Barselona" keyingi o'yinni o'ylamaslik uchun ham birinchi uchrashuvda yirik hisobda g'alaba qozonishga ahd qildi. Luis Suaresning goli "Barselona"ga ajoyib natija tuhfa etdi – 4:1.Rimdagi kanikullarga bemalol borishimiz mumkin, deyishdi kataloniyaliklar.Bu o'yin aynan javob uchrashuvi bilangina mohiyat kasb etadi. Alohida olinganida eslashga arzimaydi. Rimda nima bo'lganini muxlislar yaxshi bilishadi. Uyda bitta bo'lsa ham gol o'tkazib yuborishning oqibati nechog'li og'ir bo'lishiga eng yaxshi misol – shu o'yin.Ba'zi urilgan gollardan xulosa qilsak, adolat qaror topgandek. Chunki bu kecha ham beshta goldan uchtasini "Roma" futbolchilari kiritishgandiku...Xayrulla HAMIDOV.
4-Aprel 2020,07:20
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0