Stadion.uz Lionel Messining shohona hayotidan kichik parcha taqdim etadi.
“Barselona”ning uzoq yillik etakchisi va sardori Lionel Messi ayni damd uyda karantin rejimida hayot kechirmoqda.
Futboldan bebahra qolgan Leo ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda o'z uyi, mashinalari va shaxsiy hayotini aks ettiruvchi suratlar bilan muxlislarini xursand qilmoqda. Aslida, uning nafaqat maydondagi, balki uning tashqarisidagi imkoniyatlari kishining hayratda qoldirishi turgan gap.
“Forbes” nashri bergan ma'lumotlarga suyanadigan bo'lsa, 2019-yilda Messi 127 million dollar ishlab topishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, uning banklardagi hisob-raqamida allaqachon 750 million dollar pul yig'ilib qolgan. Bu sportchilar ichidagi eng yaxshi uchinchi ko'rsatrich sanaladi. Undan oldinroqda Ronaldu (800 million dollar) va Floyd Meyveyzer (915 million dollar) bor xolos.
Messi katta daromad olishni faqatgina 2010-yilga kelibgina boshladi. Shunga qaramay, qahramonimiz 2009-yilda o'zi va oilasi uchun 6 million evro evaziga katta uy sotib olishga ulgurgani yodimizdan chiqarmasligimiz zarur. Kataloniyaning chetidagi Bellmar rayonida joylashgan uy hashamat borasida istalgan uy bilan raqobatlasha oladi. Uy shundoqqina O'rtaer dengizining bo'yida joylashgan bo'lib, janubiy oynalaridan Bellmar tog'lari shundoqqina ko'rinib turadi. Uyning devorlari asosan katta panorama oynalardan iborat bo'lgani uchun inson o'zini tabiat qo'ynida qolgandek his etadi. Shunindek, uy ichida katta hovuz, mashg'ulotlar zali va kichik futbol maydoni joylashgan. Ko'plab jurnalistlari Messi oilalar qo'nim topgan dargohga yaqin kelishga uringan bo'lsada, ularning barchasiga ham bu nasib etavermagan.
Qiziqarli fakt shundaki, Messi 6 million evroga sotib olingan uyda istiqomat qilayotganiga qaramay, 2016-yilda 1957-yilda ishlab chiqarilgan “Ferrari 335 SSpiderScaglietti”uchun 32 million evrodan voz kechib yubordi. Kim oshdi savdosiga qo'yilgan mashining birinchi narxi 20 million bo'lganiga qaramay, Messi bu kurashda g'olib chiqish uchun 32 millionni sarf etgani tahsinga sazovor. Ispan nashrlarining ma'lum qilishcha, auktsionda Ronaldu ham aynan “Ferrari 335 SSpiderScaglietti”ning egasi bo'lishga harakat qilgan, biroq Messi raqobatda g'olib chiqqan. 32 millionlik “temir toychoq”dan tashqari Leoning garajida yana 6 ta ajoyib mashinalar mavjud. “FerrariF 4430 Spider”, “AudiR8”, “MaseratiGranturismo”, “AudiQ7”, “LexusLX 570”va“DodgeChargerSRT8”bo'lib, Leo ularning deyarli barchasidan foydalanadi.
2018-yilda Leo o'ziga o'zi ajoyib samolyot sovg'a qildi. 16 kishi uchun mo'ljallangan tayyora o'zining superqulayliklari bilan kishini hayratda qoldirishi turgan gap. 13 million evro evaziga sotib olingan samolyot bortida ikkita yotoqxona, ikkita hojatxona va bitta oshxona mavjud bo'lib, Leo undan asosan Argentinaga uchishda foydalanadi. “GulfstreanV” 2004-yilda ishlab chiqarilgan bo'lib, u bugungi kunda Messilar oilasi uchun tinimsiz xizmat ko'rsatib kelmoqda. SamolyotningzinalaridaLeoo'zoilaa'zolariningisminiyozdirganbo'lib, uningdumqismiga 10-raqamtushirilgan.
Bundantashqari, o'tganyilningkuzoyidaMessio'ziuchunmaxsus “Iphone XSMax”ga buyurtmaberdi. Gadjet 1200 evroga harid qilingan bo'lsada, uning himoya qoplamasi futbolchi uchun 7000 ming evroga tushgan. Gap shundaki, Messi bu qoplamani 24 karat sof (999) oltindan yasalishini istagan. Messi telefoniga ham o'z a'zolarini ismlarini va 10-raqamni yozdirib qo'yishni unutmadi.
Leo havas qilsa arzigulik hayot kechirayotganiga qaramay, insonlar uchrayotgan muammolarga bee'tibor qolmaydi. Uning “Barselona” futbolchilari orasida birinchilardan bo'lib maoshdan voz kechgani, COVID-19 bilan kurash uchun bir million evro ajratgani, Clinckasalxonasiga homiylik qilishi va boshqa xayriya kampaniyalarida faol bo'lishini alohida e'tirof etish shart.
6-Aprel 2020,20:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0