“Barselona” yarimhimoyachisi Frenki de Yong klub rasmiy sayti orqali muxlislar savollariga javob qaytararkan, jamoa futbolchilarining karantinda nima bilan band ekanliklarini aytdi.
«Karantin vaqtida uyida eng ko‘p mashg‘ulot o‘tayotgan futbolchi kim? Kuni bilan eng ko‘p vaqtini mashqlar uchun sarflayotgan bu hujumchimiz Martin Braytvayt. U jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyga o‘xshaydi. U juda ko‘p mashq qilayapti.
Eng ko‘p televizor tomosha qilayotgan kim? Ko‘p vaqtini TV qarshisida o‘tkazayotgan futbolchi Serxi Roberto bo‘lsa kerak.
Kim yangi qirralarini o‘zlashtirmoqda? Menimcha, Pike. U har doim qandaydir yangi ishlar bilan band, nimadir qilishga urinayotgan bo‘ladi.
Kim sochini o‘stirish bilan ovora? Antuan Grizmann. U karantinga qadar ham sochini yana-da o‘stirmoqchi bo‘lib yurgandi», - deya Frenki de Yongning so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.
Manbaa: tribuna.uz
7-Aprel 2020,05:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0