«Barselona»ning bolgariyalik afsonaviy sobiq hujumchisi Xristo Stoichkovning so'zlarigi qaraganda, koronavirus pandemiyasi pasayishini kutmasdan, chempionatni yakunlab qo'yish adolatli bo'ladi.
Ispaniya chempionati ham boshqa davlat chempionatlari singari noma'lum muddatga to'xtatib qo'yilgan. Chunki, Evropa koronavirus eng ko'p avj olgan mintaqa bo'lib turibdi.
Ayni aytda «Barselona» La Ligada peshqadamlik qilmoqda. Xristo Stoichkov mavsumni yakunlash kerak deb hisoblaydi.
«Agar uchrashuvlar qanday o'tganiga nazar tashlaydigan bo'lsak, hozir mavsumni yakunlash adolatli bo'lardi deb hisoblayman. Men bu bilan noto'g'ri narsa ko'rmayapman. Agar klub chempionlik uchun kurashadigan bo'lsa, u holda birinchi o'rinni egallab turishi kerak. Agar klub ligada qolish uchun kurashayotgan bo'lsa, ligani tark etadigan jamoalar joy olgan past o'rinlarda bo'lmasligi kerak», — dedi Xristo Stoichkov.
7-Aprel 2020,10:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0