“Manchester Yunayted” klubining afsonaviy himoyachisi Rio Ferdinand 2008-yil “Barselona”ga o‘tishga juda yaqin kelgani haqida gapirib berdi.
“Barselona” mening agentim bilan bog‘langan va muzokaralar o‘tkazgan. Men esa shaxsan Frank Raykard bilan gaplashganman. Ammo, transfer borasida emas. Men har doim xorijda to‘p surishni orzu qilardim. Meni to‘xtatib qoluvchi yagona narsa esa o‘z yurtimda erishgan yutuqlarim bo‘lgan.
Biz “Barselona”ni yutdik va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdik. Shunda o‘zimga o‘zim savol berdim: “Yevropa chempioni bo‘lgan jamoadan boshqa yerga ketib nima qilaman?”. O‘sha paytda Xavi, Inyesta va Messilar zo‘r futbolchi emasdi. “Barselona”da vaziyat umuman boshqacha edi”, - deydi angliyalik sobiq futbolchi.
Manbaa: sports.uz
9-Aprel 2020,17:30