Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Ernan Krespo «Barselona» sardori Lionel Messi hamon jahon chempionligini qo'lga kirita olmagani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Messi bo'lish juda qiyin. Hech uning o'rnini bosa olmaydi, xuddi hech kim Maradona bo'la olmaganidek. U terma jamoada o'ynayotganidan xursandman. Argentinalik sifatida uning jahon chempioni bo'lishini istardim. Leo uzoq yillardan beri yuqori saviyani ushlab turibdi. Uning oyog'idan tepishmoqda, ammo u o'rnidan turib, yurishda davom etmoqda. Men uni buyuk futbolchilardan ham yuqoriroq deb hisoblayman.U jahon chempionligini qo'lga kiritmasa adolatdan bo'lmasdi. Futbol Messidan qarzdor. Lekin Leo ushbu sovrinni qo'lga kiritmasa ham bu holat uning buyukligiga soya solmaydi. Biz, argentinaliklar Leo jahon chempioniga aylanishini istayman. Buni chin dildan istayman», — dedi Krespo.
9-Aprel 2020,23:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0