Stadion.uz ayni damda dunyoning eng yaxshi hujumchi ortidagi futbolchilar o'nligi bilan tanishtirib o'tadi.
Zamonaviy futbolda hujumchilarning turli toifaga bo'linmoqda. Bugunga kelib, futbolchilar sof markaziy va ularning ortasida harakat qiluvchi ijodkorlarga bo'linishmoqda. Ayniqsa, grand klublar mana shunday ikkita hujumchi bilan harakat qiluvchi taktikalardan foydalanmoqda. Markaziy hujumchilardan farqli o'laroq, ularning vazifasi gol urishdan iborat emas. Bu toifadagi forvardlar jamoa hujuminiboshlashi va o'yinning tempini ham belgilab berishlari lozim. Bugun ana shunday hujumchilardan tashkil topgan top-10 bilan tanishtirib o'tamiz.
10-o'rin. Paulo Dibala («Yuventus»)
Bugungi o'nligimizni Martin Edegor yoki Markus Tyuram ham ochib berishi mumkin edi. Shunga qaramay, Dibala bugun ulardan bir qadam oldinlab ketdi. Argentinalik futbolchi juda iqtidorli. U mazkur mavsumdagi Chempionlar ligasiuchrashuvlarida ham nimalarga qodir ekanligini barchaga ko'rsatib qo'ydi. Afsuski, Pauloga stabillik etishmayapti. Bundan tashqari, Dibala o'zini yaxshi his qilishi uchun qulay taktika tanlovchi murabbiy ham zarar qilmagan bo'lar edi. Qahramonimiz “Palermo” sharafini himoya qilib yurgan chog'larda, klub murabbiyi jamoani uning atrofida shakillantirgan va bu o'z samarasini bergan edi. Hozircha, Dibala 10-o'rin, biroq kelajakda u bu ro'yxatni boshqarishga qodir iqtidor egasi.
9-o'rin. Dimitri Payet («Marsel»; Frantsiya)
Payet ko'pchilikning e'tibor markazidan chetda qolganiga qaramay. Sermahsulligini yo'qotganicha yo'q. “Liga 1” musobaqasida “Marsel”ni bir o'zi elkasida olib yurganini hatto jamoa bosh murabbiyi Andre Villash-Boash ham tan oldi. Afsuski, frantsiyalik futbolchi kayfiyati yaxshi bo'lsa, maydonda u amalga oshirishi mumkin bo'lmagan ishning o'zi yo'q. Bugungi kunda Payet Frantsiya chempionatidagi eng yaxshi so'nggi pasni etkazib beruvchi futbolchi sanaladi.
8-o'rin. Marko Roys («Borussiya» D; Germaniya)
Agar Roys jarohat olmasa, doimo sifatli futbol namoyish etadi. Afsuski, uning jarohatlari bir necha bor futbolchini muhim pallalarda unga pand berib kelmoqda. Yodingizda bo'lsa, fevraloyida hujumchi engil jarohat oldi. Shu o'rinda Favr jamoasida Roys Sancho, Azar va Xoland bilan birgalikda o'zini juda yaxshi his qilmoqda, Aynan Roys ushbu futbolchilarni kerakli nuqtagaolib chiqish va ularni to'p bilan ta'minlash vazifasini munosib uddalamoqda. Roys Bundesliganing so'nggi 7 ta turi davomida har bir o'yinda gol yoki assistlarni amalga oshirib kelayotgan edi, lekin jarohat busafar ham unga pand berdi.
7-o'rin. Dushan Tadich («Ayaks»; Serbiya)
Evropaning kuchli beshta chempionatida to'p surmay turib bu ro'yxatga kirish juda mushkul. Shunga qaramay, Tadich bu ishni uddalagani tahsinga sazovor. Dushan kuchli beshlik jamoalarining istalganida o'zini yo'qotib qo'ymasada, “Ayaks”da qolishni afzal ko'rdi. Bugungi kunda Tadich hisobida 11 ta gol va 14 ta assist mavjud. Bu Evropa futbolidagi eng yaxshi ikkinchi raqamli hujumchining natijasi bo'lib turibdi.
6-o'rin. Tomas Myuller («Bavariya»; Germaniya)
Myuller biroz zaxira o'rindig'ida o'ralashib yurdi va kutilmaganda safga qayti. Qaytganda ham hammani hayratda qoldirib katta ishtiyoq bilan qaytdi. Bu esa, “Bavariya”ning unga yangi shartnoma taklif qilishga majubur qilganidan xabaringiz bor. U hujum ortiga o'tishi bilan chinakam fantazistagaaylandi-qo'ydi. Hozirga kelib Myuller 16ta aniq uzatma bilan Bundesligada yaqqol etakchi bo'lib turibdi. O'z vazifasini munosib uddalayotgan futbolchi Levandovskiga xalaqit bermay turib jamoaviy o'yinga moslashib ketgani tahsinga sazovor.
5-o'rin. Yosip Ilichich («Atalanta»; Sloveniya)
“Atalanta”ning zafarli yurishida faqatgina Gomesni qayd etish xato bo'ladi. Gasperini, agar Sapatani maydonga tashlasa, Ilichich avtomatik tarzda ikkinchi raqamli hujumchiga aylanib bormoqda. Ilichich bu mavsumda 12 ta gol va 2 ta assistni amalga oshiribgina qolmay, jamoaning hujumdagi eng faol futbolchisi ham bo'lib turibdi.
4-o'rin. Lautaro Martines («Inter»; Argentina)
Antonio Konte jamoasida ikkinchi raqamli hujumchi va markaziy forvard o'rtasidagi bog'liqlik juda muhim. Konte Lukakuni qo'lga kiritgach, Lautaroni to'liq dispetcherga aylantirdi. Argetinalik futbolchi uchun “Inter” to'lagan 25 million evroni tezda oqlagan bo'lsa, endilikda klubga 111 million evro daromad keltirish arafasida turibdi. Shu o'rinda Kontening topqirligiga ham qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q. Sababi, Antonio Lauraroning yaxshiroq effekt berish uchun zamin yaratdi.
3-o'rin. Timo Verner («Leyptsig»; Germaniya)
Timo aslida maydonda qanday pozitsiyada harakat qilayotganini darrov anglash mushkul. U goh qanotdan markazga yorib kirishi, gohida esa aksincha markazdan qanotga “qochishi” mumkin. Nagelsman Vernerning tezligidan va yaratuvchanlik qobiliyatidan unumli foydalanish maqsadida sof hujumchiga aylanishini istamasligini o'zi ham bir necha bor tan olgan. To'xtatilgan mavsumda Timoning o'yin manerasi ko'proq Tomas Myullernikiga o'xshab ketsada, u gol urish borasida yaqqol etakchilardan biri bo'lib turibdi. Bundesligada 21 ta gol va 2 ta assist, EChLda 4 ta gol va 2 ta assist — so'zimizga isbot bo'la oladi. Bejizga u bilan “Liverpul” qiziqayotgani yo'q. Bugungi kunda “qizillar”ga ham gibrid hujumchi suv va havodek zarur.
2-o'rin. Krishtianu Ronaldu («Yuventus»; Portugaliya)
Verner singari Ronaldu ham hujumning istalgan nuqtasida ko'rinish berishi mumkin. Uni qanot va markazlarda ko'rishga odatlangan edik. Endilikda Ronaldu hujumga maydon markazidan qo'shilishni ham boshladi. To'g'ri, yosh bilan paydo bo'lgan muammo o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi, biroq Krish 35 yoshda ham A seriyada 23 ta gol kiritishni uddaladi. Bejizga uni tirik afsona deyishmaydi.
1-o'rin. Kilian Mbappe (PSJ; Frantsiya)
Dunyo futbolidagi eng kuchli “gibrid” hujumchi. U tezkor, yosh, iqtidorli, jismonan baquvvat, texnikasi kuchli va chinakam tug'ma to'purar. Markaziy hujumda to'p surmasada, har mavsumni 30ta golsiz yakunlamaydi. U endigina 21 yoshga to'lganiga qaramay, allaqachon dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanib bo'ldi. Aslida qanotda harakat qilishiga qaramay, Kilian istalgan daqiqada ikkinchi hujumchi sifatida to'p kiritishi yoki markazdagi futbolchining o'rnini to'ldirishi mumkin. Soddaroq qilib aytganda, Mbappe zamonaviy futbodagi eng kuchli ikkinchi raqamli hujumchi. Ronaldu va Messi davri yakunlangach, katta ehtimol bilan taxtga zamonaviy futbol o'ylab topgan gibrid hujumchi ampluasining eng kuchli namoyondasi o'tirishi mumkin.
14-Aprel 2020,01:20