Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Kike Seten mavsumni yakunlash uchun biror chora ko'rish kerakligini aytib o'tdi.
Koronavirus sababli Evropa ichki birinchiliklarida tanaffus yuzaga kelgan. UEFA barcha milliy chempionatlarni qayta tiklamoqchi, ammo, qachon va qanday qilib. Bundan tashqari, turnir jadvalidagi yuzaga kelgan hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda, chempion va quyi ligaga tushib ketadigan jamalarni aniqlash varianti ham yo'q emas.
«Men mavsumni oxirigacha o'tkazishni va «Barselona» chempionlik uchun 100 foiz tayyor ekanligini isbotlash niyatidaman. Ayni paytda 1-o'rinda ekanligimizni tushunaman, ammo, turnir jadvalini hozirgi ko'rinishida yakunlab qo'yish manipulyatsiyaga olib kelishi aniq. Ayrimlar biz birinchi o'rinni yo'qotib qo'yishimiz mumkinligini, chunki oldimizda kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar turganligini ro'kach qiladilar. Men bunday bo'lishini xohlamayman. Agar mavsum hoziroq yakunlanadigan bo'lsa, men o'zimni chempion deb his qilmayman», — dedi Seten.
15-Aprel 2020,00:10