Frantsiyaning «Nansi» klubi himoyachi Kleman Lenglening «Sevilya»dan «Barselona»ga transfer qilingani yuzasidan Sport arbitraj sudi (CAS) orqali o'z haqini qanday undirganini ma'lum qildi.Futbolchi 2017 yilning yanvar oyida «Nansi»dan «Sevilya»ga o'tgan edi. Kelishuvga ko'ra, frantsiyaliklar Langlening keyingi transferidan 12% miqdorida ulush olishi kerak kerak edi. Himoyachining transferidan 35 million evro olgan andalusiyaliklar «Nansi»ga ulush to'lashdan bor tortishgan edi. Boisi, «Barselona» futbolchining «Sevilya» bilan shartnomasidagi tovon pulini to'lab, bir tomonlama harakat bilan Langleni o'z safiga qo'shib olgan edi.CAS «Nansi»ning foydasiga qaror qabul qildi. «Sevilya» esa frantsiyaliklarga 3,7 mln evro pul to'laydi. «Nansi» hozirda Liga 2da faoliyat yuritmoqda.
16-Aprel 2020,15:20