«Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta yana klubi prezident bo'lmoqchi. U 2021 yili bo'ladigan prezidentlik saylovida o'z nomzodini qo'ymoqchi.Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada "ko'k-anorranglilar" direktorlar kengashining 6 nafar a'zosi iste'foga chiqarilgan edi. «Vaziyat meni xavotirga soldi. Men o'zim ishongan insonlar bilan birga klubga qaytib, iqtisodiy vaziyatni o'zgartirishga harakat qilaman.Klub qaltis vaziyatga tushib qolgan. Klubning iqtisodiy beqaror holatini qanday qilib o'zgartirish mumkinligini yaxshilab o'ylab ko'rish kerak. Nazarimda, klub hozirgi pallada kutilgan daromadni qo'lga kirita olmaydi. «Barselona» imijini yaxshilaydigan munosib taklif taqdim etish kerak", — dedi Laporta "Goal"ga bergan intervyusida.Laporta 2003-2010 yillarda «Barselona» prezidenti lavozimida ishlagan. 2015 yilgi saylovda esa Xosep Bartomeuga yutqazgan.
18-Aprel 2020,07:20