Xavier Aguirre: "Maradona maydonga ko'p baqirardi. Messi esa unday emas. U sokin o'ynaydi va boshqalarga qichqirmaydi. Hatto uni yiqitishsa ham."
"Leganas" bosh murabbiyi Xavier Aguirre Argentina terma jamoasining sobiq o'yinchi va Messini o'zaro taqqosladi:
"Men Maradonaga qarshi to'rt marotaba maydonga tushganman. U noyob futbolchi.
U va Messi orasida farq katta. Maradona maydonda tamoman gaplashib harakat qilardi, referi bilan, boshqa o'yinchilar bilan. Messi esa unday emas.
U sokin o'yinchi. Oddiy yigit. Unga to'pni bersangiz kifoya. U murabbiyga ham, hakamlarga ham, o'yinchilarga ham baqirmaydi. Hatto unga nisbatan qo'pollik qilishsa ham.
Ularning ikkovi ham ajoyib o'yinchilar. Ularning raqibi bo'lib ham ularning o'yinini tomosha qilish maroqli." deydi murabbiy.
"Osasuna", "Atletiko", hamda Meksika milliy terma jamoalarining sobiq murabbiyi Messini ilk bor qayerda ko'rgani haqida aytib berdi.
"2002-yilda "Sevilla" bilan mehmonda o'yinimiz bor edi. O'yin kuni shogirdlarim bilan ishlayotgan edim. Yordamchim meni chaqirib qo'shni maydonda "Sevilla" va "barselona" yoshlari o'ynayotganini aytib, "Barsa"dan bir o'yinchiga e'tibor qaratishimni iltimos qildi. Uning sochi uzun, o'zi esa kalamushga o'xshar edi. 10 daqiqadan so'ng u hisobni ochdi. Shunchaki uni hech kim to'xtata olmas edi. Bitta imkoniyat - bitta gol.
Keyingi yili "Osasuna" "Barsa" bilan o'ynadi. U shunchaki zo'r edi. Messini to'xtatib qolish imkonsiz. Yelkama-yelka kurashmi yoki boshqa, iloji yo'q. Uni to'xtatib bo'lmas o'yinchi" deya so'zlarini yakunlaydi Xavier.
19-Aprel 2020,03:00
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 45 - Fikirlar: 0