Kamerunlik hujumchining so'zlariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar»ning muvaffaqiyatiga uning hissasi kam deb hisoblashadi.
Eslatib o'tamiz, aynan Samuel Eto’o davrida «Barselona» 2006 yili EChLni qo'lga kiritib, Evropa futbolida hukmroklik davrini boshlagan edi.
«Gvardiola "Barselona"da o'zining yaxshi davrlarini o'tkazdi. Men jamoada bo'lgan davrlarimda u jamoaga yaqinlashishga harakat qilmagan. Futbolchilarning muammolari haqida u o'ylamas edi.
Inesta yoki Xavi o'sha davrni Messiniki emas, meniki ekanligini osonlikcha tasdiqlashlari mumkin. Men "Barselona"ni katta yutuqlarga etaklab kelishga muvaffaq bo'ldim va Gvardiola mendan kechirim so'rashi kerak.
Klub mendan voz kechish niyatida ekanligini agentimdan eshitib qoldim. Keyin agentim klub meni sotib yuborishiga tashabbuskor Xosep Gvardiola ekanligini aytgandim», — deya xotirlaydi Samuel Eto’o.
23-Aprel 2020,03:10