«Barselona» klubi sobiq hujumchisi Samuel Eto’O kataloniyaliklar sardori Lionel Messi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. «Dastlab u asosiy va o'rinbosarlar jamoalarida o'ynab yurdi. Messi kelajakda qanday o'yinchiga aylanishini biz o'shandayoq bilgan edik. U og'ir mehnat evaziga bunga erishdi. U mutlaqo o'zgarmagan. U hamon o'sha-o'sha — men bilgan yaxshi inson. Yaqinda u menga rahmat aytdi. Chunki, u mening maslahatimga amal qilib, uning faoliyati o'zgardi. Shu bilan birgalikda, u ba'zi narsalarni o'zgartirishi kerak edi, ammo doimo iqtidor egasi bo'lgan. U erishgan natijalarni zabt etish juda qiyin bo'ladi. Men uchun eng muhimi — uning xarakteri. Hamma uni qadrlaydi va yaxshi ko'radi. U ajoyib yigit. Men uning do'sti ekanimdan faxrlanaman», — dedi Eto’O.
28-Aprel 2020,20:40