Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronald de Bur "Yuventus" vakili Matteys de Ligtni tanqid qildi.
«Ayaks» klubi akademiyasiga ishlaganimda men uni yoqtirardim. U jiddiy, aqlli, mehribon edi, hech qachon nolimagan, ko'p ishlab, ko'p o'qirdi. O'shandayoq u ajoyib himoyachi edi. Niderlandiya U14 terma jamoasini yaxshi eslayman. U keyingi yili akademiyaga qaytganida 30 santimetrga o'sgan edi. Matteys hozirgi davrning eng yaxshilaridan biriga aylanishi shubhasiz.
Uning «Yuventus»ga o'tganiga hayron qoldimmi? Ha! «Manchester Siti» va «Barselona» klublari «Ayaks» tizimiga ko'proq o'xshaydi. Agar u shu klublarga o'tganida jamoaga moslashishi oson kechardi. U "Yuventus"ni emas, boshqa klubni tanlaydi deb o'ylagandim. Ammo, uning qarorini hurmat qilaman», – dedi de Bur La Gazzetta dello Sport bilan intervyusida.
28-Aprel 2020,00:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0