30 aprel kuni ko'p voqealar sodir bo'lgan. Deylik, 2019 yili Londonda “Tottenhem” Amsterdamning “Ayaks”iga 0:1 hisobida yutqazib qo'ygan. O'sha payti biror bir odam Pochettino yigitlari javob bahsining ikkinchi yarmida futbol tarixidagi eng ajoyib kambeklardan birini amalga oshiradilar deb taxmin qilmagandi.
Shuningdek, 2013 yili 2013 yili “Real” Madridda “Borussiya” bilan yarim finalning javob o'yinini o'tkazgan va bir hafta oldingi Levondovskiyning to'rtta goliga etarlicha javob bera olmagandi – 2:0, bir golning qiymati EChLdan chiqib ketish bilan barobar bo'lgan.Yanada o'tmishroqqa borsak, 2003 yilning 30 apreli EChL g'olibi “Milan” chorak finalning javob o'yinida “Ayaks”ni dog'da qoldirgani va yarim finalga yo'l olgani bilan eslanadi. Oxirigacha Shevchenko jamoadoshlari shiddat bilan borishgan.
Biz bugun u o'yinlarga emas, tavallud sanasini nishonlayotgan ajoyib darvozabonga e'tiborimizni qaratmoqchimiz. Mark Andre TerShtegen. Germaniya terma jamoasi va "Barselona" klubi posboni.
TerShtegen darvozabonlarning Ronaldusi degan ta'rif menga yoqqandi. Chunki u ustida eng ko'p ishlagan, xatolarini muntazam to'g'rilab borgan va vatanida “darvozabonlar Messisi” bilan joy talashib kelmoqda.
28 bahorni qarshi olayotgan Mark Andre to'rt yil muqaddam eng ko'p tanqid qilinadigan darvozabon edi. Biroq, Barsa tarkibida u shu qadar o'sdiki, bugungi kunda yarim jamoa degan ta'rifni boshqalarga qaraganda ko'proq germaniyalik kiperga nisbatan ishlatishmoqda. Messi qutqarguncha, Ter Shtegen hisobni ushlab turishi kerak, degan gaplar ham chiqdi.
"Barselona" aqlimizni tanibmizki, o'ta ishonchli darvozabonga ega bo'lmagandi. Nihoyat topdi. Natijalarning ko'pida aynan Mark Andrening bevosita hissasi bor.Kataloniyaliklarning mayda paslari avjiga olgani sari raqib klublar ularni o'z jarima maydonchalari oldida pressing bilan to'xtatishga urinishayotganini kuzatmoqdamiz oxirgi payt. Mana shunday paytda Ter Shtegen siymosi yanada yorqinroq gavdalanyaptiki, u qurshovda qolgan jamoadoshlari ichidan birgina ochiq o'yinchini topishda beqiyos harakat qiladi. Bir necha golga assist bo'lishining sababi ham shu.
Mark Andrening bu qadar ulg'ayishiga terma jamoadagi raqobatchisi Xudo bergan qobiliyat bo'lganimi yo Barselonaning o'yin uslubimi degan savolga chiroyli javob bor: “Mark Andre hech kim bilan raqobatlashishni istamaydi. Ustida ishlaydi. Bo'ldi”. Bu uning o'zining javobi.
Germaniya terma jamoasiga faqat havas qilsak bo'ladi. Noyeri bor yurt u bilan-da teng kurasha oladigan yana bir posboniga ega bo'lib ulgurdi.
30-Aprel 2020,09:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0