Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Kike Seten koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan joriy mavsumni qayta tiklab, yakunlab qo'yishga umid qilmoqda.
"Barchamiz normal hayotga qaytishni xohlaymiz. Hammaga koronavirus va uning ta'siri juda qattiq zarar olib keldi. Futbolchilar uchun o'z sport formalarini uy sharoitida ushlab turib yangilik bo'ldi, lekin ularni jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylarimiz kuzatib turishdi.
Biz katta ishtiyoq bilan ikkita musobaqada kurashishni davom ettiryapmiz. Ikkita sovrinni qo'lga kiritishni o'ylayapmiz. Oldimizda turgan barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib, Ispaniya chempionligini hamda EChL g'olibligini qo'lga kiritmoqchimiz. Ammo, mavsum qanday davom etadi degan xavotirlar bor", - Setenning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Barselona" klubi rasmiy sayti.
5-May 2020,01:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0