«Barselona» klubi vitse-prezidenti Jordi Kardoner koronavirus pandemiyasi tufayli jamoa qancha zarar ko'rganiga oydinlik kiritdi. Kardonerning so'zlariga ko'ra, o'tkazilmagan uchrashuvlar tufayli klub — chiptalar savdosi va muzeydan — 50 mln. evro; televizion translyatsiyalar huquqidan — 39 mln. evro; futbol maktabi va «Barselona» do'konlaridan 20-25 mln. evro zarar ko'rdi. Shu tariqa, klubning zarari 120 million evrodan oshdi.Zararni qoplash maqsadida klub «Kamp Nou» stadioni nomini 26 yilga sotishga qaror qilgani haqida xabar berib o'tgan edik. 2018/19 moliyaviy mavsumda «Barsa» rekord miqdorda daromad topgan edi — 990 mln evro. Xarajat esa 973 mln evroni tashkil etgan bo'lsa, sof foyda 5 mlnga teng bo'lgan edi. 2019/20 yilgi mavsumda esa «Barselona» rahbariyati 1,047 mlrd evro daromad olishni rejalashtirgan edi.
6-May 2020,19:50