Ettinchi mayni "Liverpul" muxlislari o'z kunlari deb e'lon qilib olaverishsin. Klub o'tgan yilning shu sanasida misli ko'rilmagan kambekni amalga oshirib, 2005 yilgi EChL finalidagi o'zlarining rekordini-da yo'qqa chiqarishdi."Kamp Nou"da 0:3 hisobi qayd etilgach, "Liverpul" klubining kambekiga ko'pchilik ishonmagandi. Chunki "Barselona" mehmonda o'z golini uradi baribir deguvchilar ko'p edi, shuningdek, Kataloniya klubi 2018 yili Romaga boy berilgan alamli mag'lubiyatning takrorini amalga oshirmaydi deyishgandi. Ammo ko'r hassasini ikki marta yo'qotmasa-da, Valverde boshchiligidagi kataloniyaliklar shu ishning takrorini eplashdi. Dahshatli suratda.Shu kuni "Liverpul" jamoasiga Salah yordam bera olmagani va uning o'rnida o'ynagan Divok Origi o'yin taqdirini hal qilganini bilganimiz zahoti, Kloppning topqirligiga va vaziyatdan chiqib keta olishiga amin bo'lamiz. Firmino ham yo'q edi o'sha kun. Shu holida "Liverpul" to'rt gol urib o'z darvozasi dahlsizligini ta'minlashi lozim edi.Enfild shu kuni o'n ikkinchi o'yinchi bo'ldi. Birinchi bo'limda bir gol yo'llagan maydon egalari tanaffusdan so'ng 2005 yilgi qahramonlikni ko'rsatishdi. Ayniqsa, Yurgen Kloppning Robertsonni maydondan olishi va o'rniga Veynaldumni tushirishi ko'p narsani hal qilib berdi. Golland dubl muallifi bo'lib karaxt ahvoldagi Barsaning holini yanada qiyinlashtirdi. Oxiridagi g'alaba goli muzeylarga saqlanguvchi nodir asar bo'ldi. Trent Aleksandr Arnoldning burchak uzatmasi va kataloniyaliklarning himoyasi uxlab qolgani – shu kungi o'yinning ramziy ifodasiga aylandi. 4:0 – Enfild Messi va uning do'stlarini hech qachon esdan chiqmaydigan tarzda mag'lub etdilar. Tabiiyki, bu qadar olamshumul muvaffaqiyatga erishgan Klopp finalda vatandoshlarini o'ynab-kulib engishi taxmin qilindi. Shunday bo'ldi ham. Ettinchi may oqshomidan so'ng mersisaydliklar mag'lubiyat so'zini lug'atlaridan olib tashlagandilar. Xayrulla Hamidov maqolasi.
7-May 2020,10:10