«Ayaks» klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag dunyoning eng yaxshi futbolchisini o'yin uslubi qanday o'zgargani haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Erik ten Xag Xosep Gvardiola qo'l ostidagi Messi bilan hozirgi Messini o'zaro taqqosladi.
«Har mavsumning yakuniy statistikasiga ko'ra, argentinalik futbolchi hamon eng zo'r futbolchi bo'lib qolmoqda. Messi uzoq yil yuqori saviyada o'ynay oladi. Lekin hozir ancha zaifroq ko'rinadigan o'yinlar paydo bo'ladigan holatlar tez-tez uchraydi. Ilgari Pep Gvardiola "Barselona"ni boshqargan paytda bunday hodisalar deyarli uchramagan.
Pep davrida Messi ko'proq jamoa uchun o'ynardi. Endi butun jamoa o'z sardori uchun o'ynayotganini ko'ryapmiz. Bu bugungi Messi avvalgi Messidan ajralib turganini namoyon etmoqda», — dedi Erik ten Xag.
7-May 2020,14:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0