Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
— Mish-mishlarga o'rganib qoldim. Men bu erda olti yildan beri o'ynayapman va men bu narsalarga o'rganib qoldim. Buni to'g'ri qabul qilishim kerak, chunki futbol — shunchaki sport emas. Biz buni bilamiz va ba'zan ustidan kulamiz. Asosiysi, men o'zimni yaxshi his qilyapman va murabbiy hamda klubdan ijobiy reaktsiya olyapman. Mening shartnomam hali yakunlanmadi, agar yana shartnoma tuzsam, u holda uni ham oxirigacha yakunlab qo'yishga reja qilaman. Agar bu hodisa sodir bo'lmasa, muzokara stoliga o'tiramiz va muhokama qilamiz, lekin ayni paytda bu erda baxtiyorman va boshqa narsalar haqida o'ylayapman, - Rakitichning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Deutschland.
7-May 2020,22:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0