Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu yaqinlashib kelayotgan transfer bozorida Neymarni qaytarish uchun barcha ishni qilishga tayyor ekanligini aytib o'tdi.
«Neymar – bizning transfer bozoridagi asosiy maqsadimiz. «Barselona» ushbu futbolchi bilan shartnoma tuzishi uchun barcha bilimimni ishga solaman. O'ylaymanki, bu ishni o'zimizga zarar etkazmagan holda amalga oshiraman. Aytmoqchimanki, biz katta mablag' sarf qilmaymiz va asosiy futbolchilarimizni bermaymiz. Shu tarzda biz muzokara olib borishga tayyormiz.
Bizning juda ko'plab futbolchilarimiz Evropaning kuchli klublari nishonida turishibdi. Nelson Semeduga «Pari Sen-Jermen» qiziqmoqda, Usmon Dembelega ham parijliklardan taklif bor. Todibo, Rakitich va Umtiti esa kamida uchtadan taklifga ega», — dedi Bartomeu.
8-May 2020,02:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0