Niderlandiyalik mutaxassi Gus Xiddink 2008/09 yilgi EChL yarim final doirasida bo'lib o'tgan "Chelsi" hamda "Barselona" klublari o'rtasidagi javob uchrashuvi (1:1) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Evrebening amalga oshirgan ishlari men hayron qoldirgandi, chunki u bungacha yaxshi ishlagan edi. Lekin o'sha kungi hakamlik men ko'rganlarning orasidagi eng yomoni edi. Hayotimda birinchi marotaba kelishilgan o'yinlar haqida o'yladik. O'sha bosqichda «Manchester Yunayted» birinchi finalchi bo'lgandi. Agar bir o'sha uchrashuvda «Barselona»ni mag'lub etganimizda, ketma-ket ikkinchi marotaba EChL finaliga yo'l olayotgan klub bo'lardik. O'sha o'yinning kelishilganligi haqida hech qanday asosim yo'q, lekin men hozirgacha o'sha o'yindan g'azablanaman, — Xiddinkning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Talksport.
O'sha uchrashuvning qo'shib berilgan daqiqalarida Andres Inestaning kiritgan goli evasiga «Barselona» klubi finalga yo'l olgan edi.
Eslatib o'tamiz, Xiddink «Chelsi» klubida 2009 yil, shuningdek, 2015 yilning dekabr oyidan 2016 yilning iyun oyigacha ishlagan.
9-May 2020,02:40