«Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta 2021 yilda klub rahbarligi uchun kurashda o'z nomzodini qo'ymoqchi ekanini tasdiqladi. Shuningdek, u saylovda g'olib chiqsa, jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Xosep Gvardiolani olib kelmoqchi.«Men Gvardiolaning jamoaga qaytishini istardim. Ammo u hozir «Manchester Siti»da. Yakuniy qarorni Xosepning o'zi qabul qilishi kerak. U — «Barselona» uchun etalon hisoblanadi, ko'pgina kataloniyaliklar uning jamoa boshqaruviga qaytishini istashmoqda. Xavi? U murabbiyga aylandi va futbol bilan yashashda davom etmoqda. U klubga qaytish uchun qulay vaziyat qachon kelishini kutishi kerak. 2021 yilda uning sobiq jamoadoshlari o'ynayotgan bo'ladi. Ular bilan ishlash oson bo'lmaydi. Xavi — halol inson. U futbolda ko'p narsani biladi va to'g'ri qaror qabul qiladi. U «Barselona» boshqaruviga qachon kelishni o'zi hal qiladi", — dedi Laporta.Laporta 2003-2010 yillarda «Barselona» prezidenti lavozimida ishlagan. 2015 yilgi saylovda esa u Xosep Bartomeuga yutqazgan. Laporta boshqaruvi paytida "ko'k-anorranglilar" klublar o'rtasidagi JCh, 2 marta Chempionlar ligasi, 4 marta Ispaniya La ligasi, 3 marta marta mamlakat superkubogi va bir marta Ispaniya kubogida g'olib chiqdi.
12-May 2020,12:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0