«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone futbol yulduzlari — Lionel Messi, Diego Maradonu va Krishtianu Ronaldu bir jamoada o'ynay olgan bo'larmidi, degan savolga javob qaytardi.«Messi va Maradona — turli o'yinchilar. Leo — gol urar mashina. So'nggi yillarda men u tufayli ko'p jabr chekdim. Maradona esa Argentina futboli ramzi hisoblanadi. Hozirda Messi etuk insonga aylangan. Bu narsa uning yuzida barq ura boshladi. Ular bir jamoada o'ynay olishlari mumkin.Ularning jamoasiga Krishtianuning qo'shilishi vaziyatni murakkablashtiradi. Jamoa o'yinida teshiklar paydo bo'lardi. Men hamisha, agar jamoada bitta futbolchi yugurmasa, xavotirli emas. Agar ikki futbolchi yugurmasa, jamoa qiyin ahvolga tushib qoladi, uch futbolchining yugurmasligiga esa toqat qilib bo'lmaydi», — dedi Simeone Goal.com nashriga bergan intervyusida.
14-May 2020,16:20