Niderlandiya terma jamoasi tarkibida Jahon va Evropa chempionatlarida sovrindor bo'lgan Uesli Sneyder o'z faoliyati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.«Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu kabi bo'lishim mumkin edi. Ammo men shunchaki buni xohlamaganman.Men hayotdan zavqlanib yashadim, ba'zida kechki ovqat paytida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishim mumkin edi.Messi va Krishtianu — butunlay o'zgacha, ular faoliyati uchun juda ko'p narsalarni qurbon qilgan.Shunga qaramay, hech narsadan afsuslanmayman, mening faoliyatim baribir ajoyib o'tdi deb ayta olaman», — deydi Sneyder.Ma'lumot uchun, Sneyder «Ayaks» akademiyasidan etishib chiqqan va faoliyati davomida qadrdon klubidan tashqari «Real», «Inter», «Nitstsa», «Galatasaroy» kabi jamoalarda to'p surgan. Shuningdek, u o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha Niderlandiya terma jamoasi rekordchisi hisoblanadi. Sneyder 2019 yilda faoliyatini yakunlagan.
5-Iyun 2020,21:00