Rossiyalik futbol agenti Dmitriy Selyuk Andrey Arshavin Kataloniyaning «Barselona» klubiga o'tishga yaqin kelganini so'zlab berdi.
Uning so'zlariga ko'ra, bu masalani «Gazprom» rahbari Aleksey Miller hal qilgan. Yakunda Arshavin «Barselona»ga emas, Londonning «Arsenal» klubiga ko'chib o'tgandi.
«Rasmiy taklif yuborilishidan bir kun avval men Arshavinga qo'ng'iroq qildim. O'shanda Laporta («Barselona»ning o'sha paytdagi prezidenti) bilan birga o'tirgandik va Arvashinga qo'ng'iroq qilishga qaror qildik. Arvashin qo'ng'iroqqa javob berganidan keyin, men telefonni Laportaga berdim va ular o'zaro suhbatlashdi.
Laporta Andreydan «Barselona»da o'ynash xohishi bor yoki yo'qligini so'radi, bunga esa Arvashin ijobiy javob qaytardi. Shundan so'ng, transfer jarayoni boshlandi. «Barselona» Andreyga besh yillik shartnoma taklif qildi. U hatto «Arsenal»dagi maoshidan ham ko'proq mablag' olishi mumkin edi.
Hammasini Miller to'g'ridan-to'g'ri hal qildi. Arshavin o'sha paytda Rossiya terma jamoasi va «Zenit» klubining ramzi edi. Tan olib kerak, Miller «Barselona»ga Arshavinni Messiga almashtirish niyatida ekanligi bilan chiroyli javob qaytardi. Arshavin o'sha paytda «Zenit» uchun «Barselona»ning Messisidek muhim edi. "Barselona"ning yuborgan taklifiga «Zenit» klubi ikki kundan keyin javob qaytardi va shunday so'ng, ushbu bitim amalga oshmasligi oydek ravshan bo'lib qolgandi.
Andreyni umuman sotishni xohlashmagandi. Gap pulda emasdi. Biroq, oradan olti oy o'tgach, Arshavinni 18 million evro evaziga «Arsenal»ga sotib yuborishdi.
Bu printsipial tarix edi. O'ylaymanki, «Zenit»dagilar keyinchalik afsuslanishga. Bolalikdagi orzusini amalga oshmaganidan keyin, Arshavin motivatsiyani yo'qotdi va keyingi olti oyda unchalik yaxshi o'ynamadi.
Agar Arshavinni «Barselona»ga qo'yib yuborishganida, u Rossiya tarixidagi eng yaxshi futbolchi bo'lardi. U «Barselona» qator sovrinlarni qo'lga kiritishi mumkin edi», - dedi Selyuk Rossiya matbuotiga.
7-Iyun 2020,16:30