«Yuventus» klubi hujumchisi Paulo Dibala Turindagi o'zining ayni paytdagi holatidan qoniqish hosil qilmoqda. Ehtimol, u "Yuve" bilan shartnomasini uzaytirar. Lekin, Dibala «Barselona» tarkibida o'ynasa yomon bo'lmasligini yashirmadi.
«Bir yil avval «Yuventus» menga umuman ishonch bildirmadi. Lekin Sarri kelganidan keyin vaziyat o'zgardi.
Ayni paytda yangi shartnoma borasida hech narsa bilmayman. Amaldagi shartnomam yana bir yilni tashkil qiladi. Ehtimol, qachondir yangi shartnoma borasida muzokara olib borarmiz, balki, yo'q. Hozircha hech narsa bilmayman.
«Barselona» - jahonning eng kuchli klubi hisoblanadi. Bundan tashqari, jamoa tarkibida Messi o'ynamoqda. Messining borligi klubning nufuzini yanada oshiradi. Agar u erda o'ynash imkoniyat bo'lganida juda ajoyib ish bo'lardi. Biroq, «Yuventus» o'zining uzoq yillik tarixi bilan jiddiy klub sanaladi», - dedi Dibala CNN bilan intervyuda.
9-Iyun 2020,10:50